Sanoat poli alyuminiy bankalar ishlab chiqarish zavodida
ALL-P Group kompaniyasi Pepsi Uzbekistan alyuminiy banka ishlab chiqarish zavodida beton pol yotqizilishi bo‘yicha to‘liq majmua ishlarni amalga oshirdi. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq, obyekt uchta yuklama turiga ega zonalarga bo‘lindi. Har bir zona uchun optimal muhandislik yechimlari ishlab chiqildi, bu esa sifatdan voz kechmasdan, ishlar muddatlarini, hamda xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi.
Obyekt haqida batafsil:
- Yuqori mexanik yuklama zonasi (60 t gacha) – 1 944 m², ikki qatlamli armokarkas, topping sepilgan beton qalinligi - 260 mm.
- O‘rtacha yuklama zonasi (10 t gacha) – 12 576 m², ikki qatlamli armokarkas, topping sepilgan beton qalinligi - 250 mm.
- Omborxonalar (5–8 t) – 3 600 m², ikki qatlamli armokarkas, topping sepilgan beton qalinligi – 200 mm.
Loyiha ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich 10-mart kuni, ikkinchi bosqich 30-iyun 2025-yilda yakunlandi.
Zamonaviy texnologiyalar:
An’anaviy podbetonkani o‘rniga All-P Group jamoasi buyurtmachiga profillangan membranani taklif qildi. Bu yechim loyiha xarajatlarini sezilarli kamaytirish va ish muddatini qisqartirishga imkon berdi, shu bilan birga konstruktsiyaning mustahkamligi va chidamliligini saqlab qoldi.
Barcha ishlar Laser Screed va Spreader uskunalari yordamida bajarildi, bu esa A+ klassdagi binolar uchun muhim bo‘lgan mukammal sirt tekisligini va toppingning bir tekis taqsimlanishini ta’minladi. Har bir zona uchun, shu jumladan kolonalarni ham qamrab olgan, doimiy qoliplar ishlatildi. Bu choklarning mukammal geometriyasini saqlashga va pollarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishga yordam berdi.
Barcha zonalarda quruq topping qo‘llanilib, qoplamaning eskirishga chidamliligi va og‘ir yuklarga bardoshligini oshirdi.

Ish jarayoni:
- Profillangan membrana yordamida asosni tayyorlash va gidroizolyatsiya ishlarini amalga oshirish.
- 12, 14, 16 va 20 mm diametrli ikki qatlamli armokarkas o‘rnatish.
- Doimiy qoliplarni o‘rnatish.
- Laser Screed uskunasi yordamida beton aralashmani qabul qilish va quyish.
- Spreader yordamida toppingni sepish va mustahkamlash.
- Betonning “teshikchalarini yopish” uchun kyuring surish.
- Deformatsion va termousadkali choklarni kesish va ularni germetik bilan to‘ldirish.
Natija va loyiha ahamiyati:
Beton polning to‘liq qurilishi zamonaviy alyuminiy banka ishlab chiqarish zavodida ishonchli, uzoq xizmat qiluvchi va xavfsiz asos yaratdi. Loyiha All-P Group kompaniyasining murakkab muhandislik talablariga ega sanoat obyektlarini amalga oshirish bo‘yicha tajribasini yana bir bor tasdiqladi. Bu kompaniya uchun zamonaviy ishlab chiqarishlar uchun barqaror va xavfsiz infratuzilmani yaratishga imkon beruvchi to‘g‘ri muhandislik yechimlari va innovatsion texnologiyalarning yorqin namunasi bo‘ldi.