News Uzb

O'zbekiston bozorida ikki yil

Gruziyada pol qoplamalari sohasida yuqori o‘rinlarni egallagan xalqaro qurilish kompaniyasi All-P Group 2 yil davomida bozorni faol rivojlantirmoqda va Buyuk Britaniya-O‘zbekiston Beltera Holding qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi yirik mijozlarning ehtiyojlarini qondirmoqda. Kompaniya sanoat, savdo va turar-joy obyektlari uchun pol qoplamalarini o‘rnatishga ixtisoslashgan bo‘lib, xalqaro standartlarga javob beradigan yechimlarni taklif etadi.
Kompaniya portfelida Coca Cola, Gebruder Weiss, Ytong, Family Garden Group, Hilton Hotels & Resorts, McDonald's, Mercedes Benz, Toyota va boshqa mashhur jahon brendlari uchun bajarilgan 2500 dan ortiq loyihalar mavjud. 2023 yilda kompaniya "Eng yaxshi pol va pol qoplamasi texnologiyasi kompaniyasi" deb topildi va yilning eng muhim biznes mukofotlaridan biri bo'lgan 2023 Gold Brand Award mukofotini oldi.
"Qurilish sanoatida 17 yillik tajribamiz davomida biz mustahkamlangan beton pollar (topping), turli xildagi binolar uchun polimer pollar, yaltiratilgan beton pollar, Terrazzo va Vetrazzo dekorativ pollar sohasida eng ilg‘or va samarali texnologiyalarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldik. Gruziyaning All-P kompaniyasi katta qurilish xoldingi “Element Holding”ning bir qismi bo‘lib, u sanoat qurilishi sohasida beshinchi yil ketma-ket “1-raqamli kompaniya” deb topildi. Hozirda bu bizning Markaziy Osiyo bozoriga ikkinchi marta kirishimiz bo‘lib, birinchi safar Qozog‘iston bozoriga chiqqan edik", – deya izohladi All-P Groupning Gruziyadagi bosh direktori Nikoloz Machaladze.

2022 yilda rivojlanish strategiyasi doirasida O‘zbekistonda All-P Uzbekistan kompaniyasi tashkil etildi va yangi bozorda tezda ishonch qozondi. Qisqa vaqt ichida All-P yirik qurilish tenderlarida g‘olib chiqdi va O‘zbekistondagi quyidagi ob’ektlarda ishlarni amalga oshirdi:

  • Samarkand shahridagi Coca-Cola International ichimlik zavodi. Ichki sanoat zonasida 20 000 m² maydonga topping va curing bilan beton pollarni yotqizish, tashqi hududda 25 000 m² maydonga beton yo‘llar va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Batafsil ma’lumotni Gazeta.uz saytida o‘qishingiz mumkin."