News Uzb

Apex Tower yer osti avtoturargohi uchun polimer qoplama

ALL-P Group Toshkent shahrida joylashgan Apex Bank bosh ofisining yer osti avtoturargohi uchun polimer qoplamani yotqizish bo’yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Loyihaning umumiy hajmi 1 500 m² ni tashkil etdi.

Polimer qoplamani quyishdan avval mavjud beton asos to‘liq tayyorlandi:

· Pol yuzasi silliqlashtirildi
· Yoriqlar va nosozliklar bartaraf etildi
· Beton plita yaxlitligi tiklandi

Asos sifatida kvarsli grunt ishlatildi, bu esa yakuniy qatlam bilan mustahkam yopishishni ta’minladi. Yakuniy qatlam sifatida Buyuk Britaniya ishlab chiqaruvchisi Flowcrete kompaniyasining Deckshield ID ikki komponentli poliuretan tizimi tanlandi - u avtoturargohlar uchun mo‘ljallangan, chidamli, sirpanmas va estetik qoplama hisoblanadi. Turli yuklama darajali zonalari uchun kvars qumi quyidagi fraksiyalarda ishlatildi:

· 0,3–0,8 mm — asosiy maydonlarda
· 0,5–1 mm — pandus (rampa) hududlarida

Yakuniy bosqichda Deckshield Linemarker yordamida chiziqlar va qulay harakatlanishni ta’minlaydigan navigatsiya belgilari chizildi.

Natijada yer osti avtoturargohlari, tijorat va ofis binolari uchun ideal, uzoq muddatli, sirpanishga qarshi va yemirilishga chidamli polimer qoplamasi tayyor bo’ldi.